YOLYOLAKAY
Bosh sahifaga

Hisobni o'chirish

Bu sahifada YolYolakay hisobingizni va u bilan bog'liq ma'lumotlarni qanday o'chirish mumkinligi tushuntiriladi.

Qanday o'chiriladi

Telegram orqali so'rov (tezkor)

Qo'llab-quvvatlash botiga yozing va hisobingiz ro'yxatdan o'tgan telefon raqamini ko'rsating:

@yolyolakay_support_bot

Pochta orqali so'rov

Hisobingiz ro'yxatdan o'tgan telefon raqamini ko'rsatib, quyidagi manzilga xat yuboring:

info@yolyolakay.co.uz

So'rovni faqat hisob egasi yuborishi mumkin — shaxsingizni tasdiqlash uchun qo'shimcha savol berilishi mumkin.

Ilova orqali

Profil → Hisobni o'chirish. Bu imkoniyat hozir tayyorlanmoqda; shu vaqtgacha yuqoridagi pochta manzilidan foydalaning.

Qanday ma'lumotlar o'chiriladi

  • Ism, familiya va jins
  • Telefon raqami va parol
  • Profil reytingi va sizga yozilgan sharhlar
  • Avtomobil ma'lumotlari (rusum, rang, davlat raqami, texpasport surati)
  • Chat xabarlari va suhbatlar tarixi
  • Bildirishnoma tokenlari (push) va qurilma sessiyalari
  • Saqlangan yo'nalishlar va qidiruv tarixi

Qanday ma'lumotlar saqlanadi

  • To'lov va hisob-kitob yozuvlari — buxgalteriya va soliq qonunchiligi talab qiladigan muddat davomida
  • Tugallangan safarlar bo'yicha shaxssizlantirilgan yozuv (sana, yo'nalish, summa) — sizning ismingiz va telefoningizsiz
  • Nizo yoki huquqbuzarlik bo'yicha ochilgan ish materiallari — ish yakunlanguncha

Muddatlar

So'rov qabul qilingan zahoti hisob yopiladi va unga kirib bo'lmaydi. Ma'lumotlar 30 kun ichida butunlay o'chiriladi.

Xatolik bo'lsa, shu muddat ichida info@yolyolakay.co.uz ga yozing — imkoni bo'lsa tiklashga harakat qilamiz.

O'chirilgandan so'ng hisobni tiklab bo'lmaydi — safarlar tarixi, reyting va sharhlar qaytarilmaydi.

Shuningdek: Maxfiylik siyosati · Foydalanish shartlari